Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi doimiy komissiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR YETAKCHISI HAMKORLIGI KELAJAK REJALARI BELGILANDI
янв.21
KIBERXAVFSIZLIK – DAVR TALABI: DEPUTAT VA HUQUQ TARTIBOT ORGANLARI HAMKORLIGI
янв.21
“Yangiariq” mahallasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI – AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI – XALQ MANFAATLARI YO‘LIDA AMALIY MULOQOT
янв.21
Deputat dorixonalar faoliyati va dori-darmonlar narxini o‘rgandi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
KARMANA TUMANIDA OMMAVIY QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
KQ-35 IJROSI DOIRASIDA MAHALLADAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari oldidan

 Uchko‘prik tumanida ham 25 may — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib
borilmoqda. Shu munosabat bilan 56-umumta’lim maktabidagi ota-onalar yig‘ilishida:ta’lim muassasasida xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda turli noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi. “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni jamoatchilik, ota-onalar va maktab bitiruvchilari ishtirokida mazmunli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Eng muhimi, bu bayram avvalo ma’rifat, ustozga ehtirom va ta’limga hurmat bayrami sifatida o‘tishi kerakligi uqtirildi.
 

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Laziz Turanov ota-onalar yig‘ilishida ishtirok etib, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” — shunchaki bayram emas, bu — kechagi o‘quvchining ertangi mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan mas’uliyatli pallasi, uni mazmunli, tartibli va xavfsiz tarzda o‘tkazish esa maktab jamoasi, ota-onalar va keng jamoatchilikning umumiy vazifasi hisoblanishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1