Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yangiariq” mahallasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI – AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI – XALQ MANFAATLARI YO‘LIDA AMALIY MULOQOT
янв.21
Deputat dorixonalar faoliyati va dori-darmonlar narxini o‘rgandi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
KARMANA TUMANIDA OMMAVIY QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
KQ-35 IJROSI DOIRASIDA MAHALLADAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
Deputat tashabbusi: “Beshkent” va “Farhod” mahallasidagi o‘quvchi-qizlar kasb-hunarli bo‘lishdi
янв.21
Deputat o‘rganishi: Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolar va istiqbolli rejalar deputat hamda “mahalla yettiligi” e’tiborida
Kengash qarori ijrosi joyida o'rganildi

Kengash qarori ijrosi joyida o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev tomonidan tuman Kengashining 2026-yil 19-martdagi "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarori ijrosi ta’minlash maqsadida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabgi manzilli ro‘yxatni tasdiqlash to‘g‘risidagi" VII-18-24-8-113-K/26-sonli qarori asosida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan “Gilambob” mahallasi ichki ko‘chalarda olib borilayotgan asfaltlash ishlari jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi.

O'rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, texnik talablarga muvofiqligi hamda belgilangan standartlarga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yo‘l qurilishi jarayonida foydalanilayotgan materiallar sifati, ishlarning bosqichma-bosqich bajarilishi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalalari ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida mavjud ayrim kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga, ishlarni yanada sifatli tashkil etish, yo‘l qoplamasining chidamliligini ta’minlash hamda aholiga qulay va xavfsiz transport infratuzilmasini yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#K_Muhammadiyev

Slide 1 of 6