Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi doimiy komissiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR YETAKCHISI HAMKORLIGI KELAJAK REJALARI BELGILANDI
янв.21
KIBERXAVFSIZLIK – DAVR TALABI: DEPUTAT VA HUQUQ TARTIBOT ORGANLARI HAMKORLIGI
янв.21
“Yangiariq” mahallasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI – AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI – XALQ MANFAATLARI YO‘LIDA AMALIY MULOQOT
янв.21
Deputat dorixonalar faoliyati va dori-darmonlar narxini o‘rgandi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
KARMANA TUMANIDA OMMAVIY QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
KQ-35 IJROSI DOIRASIDA MAHALLADAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
📌 Deputat o‘z saylov okrugidagi korxona faoliyati bilan tanishdi

📌 Deputat o‘z saylov okrugidagi korxona faoliyati bilan tanishdi
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati Choriyeva Gavxar Saydullayevna o‘z saylov okrugiga qarashli G‘obdin mahallasida bo‘lib, “Samarqand Rishlant” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur korxona hududi 11,5 gektarni tashkil etadi. Korxonada ayni paytda 30 nafar doimiy hamda 15 nafar mavsumiy ishchi faoliyat yuritmoqda. Ishchilarning mehnat stajlari YaMMT tizimida qayd etilgan bo‘lib, o‘rtacha oylik ish haqi 2,5 million so‘mdan 4 million so‘mgachani tashkil etadi.
G‘obdin MFY hududida, M-39 magistral yo‘li bo‘yida joylashgan ushbu korxonada bir kunda 30–35 ming donagacha pishgan g‘isht ishlab chiqarilmoqda.
Tashrif davomida deputat korxona faoliyati, ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi

Slide 1 of 3