Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MASALALAR KO‘RIB CHIQILIB, SESSIYAGA KIRITISH TAKLIFI BERILD
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MAHALLA NOMINI O‘ZGARTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHIQINDILAR MASALASI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: SAYLOVCHILAR OLDIDA OCHIQ VA TIZIMLI HISOBOT
янв.21
NARPAY — YANGILANISH SARI QADAM
янв.21
Karmana tumani Kengashida Yoshlar maslahat guruhi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Deputat tomonidan Ko‘xnaqo‘rg‘on mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

📍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna 24-Olmazor saylov okrugiga qarashli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi.

🟢 Uchrashuvda “Beshyog‘och”, “1-Charx Kamolon”, “Chilonzor”, “Katta Chilonzor-1”, “Katta Chilonzor-2”, “Katta Chilonzor-3”, “Katta Olmazor” hamda “Novza” mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, faollari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🔴 Axborot davomida deputat tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, jumladan, sayyor qabullar tashkil etilib, yuzlab fuqarolar murojaatlari o‘rganilgani, ularning asosida amaliy choralar ko‘rilgani ta’kidlandi. Shuningdek, hududlarda bolalar maydonchalari ta’mirlangani, transformator punktlari yangilangani, lift moslamalari almashtirilgani hamda issiqlik tizimlari yaxshilangani haqida batafsil ma’lumot berildi.

📊 Deputat tomonidan 10 ga yaqin deputatlik so‘rovlari kiritilib, ularning natijasida hududdagi qator ijtimoiy va kommunal muammolar ijobiy hal etilgani qayd etildi. Xususan, bolalar maydonchalarini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratilishiga erishildi.

🌀 Shuningdek, deputat xotin-qizlar murojaatlari bilan ishlash, oilaviy muammolarni bartaraf etish hamda bandlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar yuzasidan ham axborot berdi.

📈 Hisobot davrida deputat Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasida, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida hamda deputatlik guruhi yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududlarni rivojlantirish va aholi muammolarini hal etishga qaratilgan takliflarni ilgari surganini ta’kidladi.

🗣 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan mahallalarda ariq va drenaj tizimlarini yaxshilash, yo‘laklar qurish, kommunal to‘lovlar bo‘yicha yengilliklar, ko‘p qavatli uylar ta’miri, yo‘llar holati hamda piyodalar o‘tish yo‘laklarini tashkil etish kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi.

✅ Yakunda bildirilgan barcha murojaatlar tegishli tartibda o‘rganilishi, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi hamda deputatlik nazorati o‘rnatilishi alohida ta’kidlandi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 9