Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MASALALAR KO‘RIB CHIQILIB, SESSIYAGA KIRITISH TAKLIFI BERILD
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MAHALLA NOMINI O‘ZGARTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHIQINDILAR MASALASI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: SAYLOVCHILAR OLDIDA OCHIQ VA TIZIMLI HISOBOT
янв.21
NARPAY — YANGILANISH SARI QADAM
янв.21
Karmana tumani Kengashida Yoshlar maslahat guruhi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Deputat tomonidan Ko‘xnaqo‘rg‘on mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Yakkasaroy tumanida manzilli o‘rganishlar, bandlikni ta’minlash va amaliy yordam ishlari olib borilmoqda

📌 Yakkasaroy tumanida manzilli o‘rganishlar, bandlikni ta’minlash va amaliy yordam ishlari olib borilmoqda

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 6-Armug‘on saylov okrugi deputati Yuldasheva Umida Tuxtamuradovna, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li hamda “Armug‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda hududda keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishlar aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish maqsadida tashkil etildi. Jarayonda hokim yordamchisi Daminov Pardajon Dilshod o‘g‘li, mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim Batirova Mazmuna Mirzaakbarovna, xotin-qizlar faoli Rasulova Dilnoza Saidaliyevna, yoshlar yetakchisi Qurbonboyev Nurali Yusupboy o‘g‘li hamda profilaktika inspektori Muxamadov Azizbek Madamin o‘g‘li faol ishtirok etdi.

O‘rganishlar davomida fuqaro Ivanova Milana Vasilevnaning bandlik holati ham atroflicha o‘rganildi. Aniqlanishicha, u “Astoria Butik” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga rahbarlik qilib kelmoqda va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan holda bandligi ta’minlangan.

Mazkur faoliyatni yo‘lga qo‘yishda hokim yordamchisi tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani, xususan, ish o‘rinlari bilan bog‘lash, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish hamda faoliyatni yo‘lga qo‘yish jarayonida maslahatlar berilgani qayd etildi. Bu kabi manzilli yondashuvlar orqali fuqarolarning bandligini ta’minlash va ularning ijtimoiy ahvolini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Hududda aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputat nazoratida ekani alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 1