Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MASALALAR KO‘RIB CHIQILIB, SESSIYAGA KIRITISH TAKLIFI BERILD
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MAHALLA NOMINI O‘ZGARTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHIQINDILAR MASALASI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: SAYLOVCHILAR OLDIDA OCHIQ VA TIZIMLI HISOBOT
янв.21
NARPAY — YANGILANISH SARI QADAM
янв.21
Karmana tumani Kengashida Yoshlar maslahat guruhi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Deputat tomonidan Ko‘xnaqo‘rg‘on mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
🏘 Hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi

🏘 Hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 4-Muhandislar saylov okrugi deputati Fazilov Ramiz Yasharovich, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li, Abdullajonov Dilshod Komiljon o‘g‘li hamda “Muhandislar” nomli mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda hududlarga chiqib, o‘rganish ishlarini amalga oshirdilar.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi Sultanov Akmal Xidoyat-Sarkorovich, hokim yordamchisi Abdiyev Shaxzod Anvar o‘g‘li, mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim Odilov Odil Urol o‘g‘li, xotin-qizlar faoli Kuldasheva Gulira’no Ortiqboyevna, yoshlar yetakchisi Abdiraxmanov Asliddin Akbarovich, soliq inspektori Atamuxamedov Komol Urunbayevich hamda profilaktika inspektori Nurmatov Shuxratjon G‘ayrat o‘g‘li bilan birgalikda, belgilangan 24 ta tavsiya asosida ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi turmush sharoitlari, mavjud muammolar hamda ehtiyojlari joyida o‘rganildi.

Shuningdek, piyodalarga xavfsiz sharoit yaratish maqsadida hududdagi piyodalar o‘tish joylariga svetofor o‘rnatish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Mazkur yo‘nalishda hudud atroflicha o‘rganilib, mavjud yo‘l harakati zichligi, piyodalar oqimi hamda xavfsizlik darajasi tahlil qilindi. Mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ushbu masalani bosqichma-bosqich hal etish, zarur texnik vositalarni o‘rnatish hamda aholining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Hududda olib borilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1