Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MASALALAR KO‘RIB CHIQILIB, SESSIYAGA KIRITISH TAKLIFI BERILD
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MAHALLA NOMINI O‘ZGARTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHIQINDILAR MASALASI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: SAYLOVCHILAR OLDIDA OCHIQ VA TIZIMLI HISOBOT
янв.21
NARPAY — YANGILANISH SARI QADAM
янв.21
Karmana tumani Kengashida Yoshlar maslahat guruhi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Deputat tomonidan Ko‘xnaqo‘rg‘on mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI, KAM TA’MINLANGAN OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmoniga asosan mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektoridan iborat “Mahalla yettiligi”ni faoliyati yuzasidan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan oʻzi saylangan okrugdagi “Oybek” MFYda o‘rganishlar olib borildi. Uchrashuvda deputat M. Berdiqulova mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning Sh.Turg`unboyevaning ishlari bilan yaqindan tanishdi. Xususan ijtimoiy xodim tomonidan mahalla hududida yashovchi yolg‘iz keksa fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda manzilli ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat yuzasidan nazorat-tahlil o‘tkazildi. O‘rganishlar jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan aholiga xizmatlar maqsadli va manzilli tarzda tashkil etilayotgani, faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Uchrashuv yakunida MFY “yettiligi” bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. 

Slide 1 of 3