Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MASALALAR KO‘RIB CHIQILIB, SESSIYAGA KIRITISH TAKLIFI BERILD
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MAHALLA NOMINI O‘ZGARTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHIQINDILAR MASALASI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: SAYLOVCHILAR OLDIDA OCHIQ VA TIZIMLI HISOBOT
янв.21
NARPAY — YANGILANISH SARI QADAM
янв.21
Karmana tumani Kengashida Yoshlar maslahat guruhi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Deputat tomonidan Ko‘xnaqo‘rg‘on mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Doimiy komissiyalar yigʻilishida muhim masalalar muhokama qilindi

Yigʻilishda, avvalo, tumanda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish, shuningdek, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Masʼullar tomonidan bu boradagi natijalar, mavjud muammolar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan axborot berildi.

Shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tuman miqyosida oʻtkaziladigan tadbirlar va sport musobaqalarini moddiy ragʻbatlantirish masalasi ham kun tartibidan oʻrin oldi. Deputatlar yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish muhim ekanini taʼkidladilar.

Yigʻilish davomida ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar ham muhokama qilindi. Ayrim tashabbuskorlarning faoliyatini ixtiyoriy ravishda yakunlash hamda issiqlik mavsumini boshqarishni davlat tasarrufiga oʻtkazish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Bundan tashqari, “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yilgi mavsumini samarali tashkil etish maqsadida “Fuqarolar tashabbusli byudjeti” jamgʻarmasi mablagʻlari ijrosi yuzasidan joriy yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Deputatlar tomonidan ushbu jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Yigʻilishda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining tegishli qaroriga asosan tumanda qoʻshimcha aniqlangan gʻolib loyihani maʼqullash masalasi ham koʻrib chiqildi. Shu bilan birga, mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni maqsadli yoʻnaltirish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, masʼullarga aniq vazifalar belgilab berildi. 

Slide 1 of 9