Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MASALALAR KO‘RIB CHIQILIB, SESSIYAGA KIRITISH TAKLIFI BERILD
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MAHALLA NOMINI O‘ZGARTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHIQINDILAR MASALASI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: SAYLOVCHILAR OLDIDA OCHIQ VA TIZIMLI HISOBOT
янв.21
NARPAY — YANGILANISH SARI QADAM
янв.21
Karmana tumani Kengashida Yoshlar maslahat guruhi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Deputat tomonidan Ko‘xnaqo‘rg‘on mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
#tavsiyalar_asosida

#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi I. Ikromov tomonidan Amir Temur MFY hududida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda olib borilayotgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ijtimoiy masalalarni hal etish jarayonlari tahlil qilindi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.

Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, hokim yordamchisi faoliyatining samaradorligi, amalga oshirilayotgan loyihalar va aholi bandligini oshirishga qaratilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Mahallada infratuzilmani yaxshilash, yoshlar bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va davlat dasturlarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur jarayonlar deputat nazoratini kuchaytirish va hududda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 4