Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Karmana tumanida maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati va istiqbolli loyihalar o‘rganildi
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Allon mahallasida xavfsiz muhit va qonun ustuvorligi deputat nazoratida
янв.21
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT VA INNOVATSION TASHABBUSLAR QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: IMTIYOZLAR IJROSI VA INSON QADRI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MASALALAR KO‘RIB CHIQILIB, SESSIYAGA KIRITISH TAKLIFI BERILD
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MAHALLA NOMINI O‘ZGARTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHIQINDILAR MASALASI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: SAYLOVCHILAR OLDIDA OCHIQ VA TIZIMLI HISOBOT
❗️Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati 

❗️Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov boshchiligida tuman Kengashlari kotibiyat mudirlari, kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, Senat qarorlarining joylardagi ijrosi hamda deputatlar ish samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

📝 Yig‘ilish davomida Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilingan muhim qarorlarning hududlarda sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, deputatlarning saylov okruglarida hisobot berishlari, aholi bilan uchrashuvlarni tizimli tashkil etish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari kun tartibining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.

📁 Muhokamalar jarayonida deputatlar faoliyatini tizimli tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savollar va 96 ta zarur qonunlar asosida ishlarni yo‘lga qo‘yish lozimligi qayd etildi. Hududlarda ijtimoiy obyektlarni joyiga chiqib o‘rganish, mahalla “yettiligi” faoliyatini tahlil qilish, ichki yo‘llar, kommunal xizmatlar hamda boshqaruv kompaniyalari faoliyatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga xizmatlar sifatini oshirish, jinoyatchilikning oldini olish hamda hududlardagi muammolarni manzilli hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

📊 Yig‘ilishda Hududiy saylov komissiyasi raisi o'rinbosari F.Nignamov ham ishtirok etib, Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati, olib borilayotgan ishlar yuzasidan monitoring natijalari haqida ma’lumot berdi. Bu borada axborot siyosatini kuchaytirish, e’lon qilinayotgan materiallar sifatini oshirish hamda deputatlar faoliyatini keng yoritish zarurligi ta’kidlandi.

📉 Bundan tashqari, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh yuriskonsulti Dilmurod Xashimov tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar ijrosi, ularning huquqiy tahlili va monitoringi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Qarorlar ijrosini tizimli nazorat qilish hamda ularning samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

🔺 Yig‘ilishda Kengash ish rejasi va kunlik ish rejalarning o‘z vaqtida ijrosi, sessiyalarni belgilangan tartibda tashkil etish, doimiy komissiyalar faoliyatini tizimlashtirish hamda kotibiyatlar tomonidan deputatlarga tashkiliy-uslubiy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

🗣 Yig‘ilish yakunida Davronbek Ravshanbekov tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini qat’iy nazoratga olish, deputatlar bilan samarali ishlashni yo‘lga qo‘yish hamda mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada faollashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 7