Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Allon mahallasida xavfsiz muhit va qonun ustuvorligi deputat nazoratida
янв.21
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT VA INNOVATSION TASHABBUSLAR QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: IMTIYOZLAR IJROSI VA INSON QADRI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MASALALAR KO‘RIB CHIQILIB, SESSIYAGA KIRITISH TAKLIFI BERILD
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MAHALLA NOMINI O‘ZGARTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHIQINDILAR MASALASI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: SAYLOVCHILAR OLDIDA OCHIQ VA TIZIMLI HISOBOT
янв.21
NARPAY — YANGILANISH SARI QADAM
янв.21
Karmana tumani Kengashida Yoshlar maslahat guruhi faoliyati muhokama qilindi
“YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI MONITORING QILINDI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zolari, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda Yoshlar maslahat guruhi vakillari tomonidan tumanda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tuman Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan yoshlarning ta’lim olishi, kasbiy rivojlanishi, bandligi hamda jamiyatdagi faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni turli zararli illatlardan asrash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, yoshlarni sportga keng jalb etish, kutubxonalar va boshqa madaniy maskanlardan samarali foydalanish orqali ularning intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish muhim ekani qayd etildi.

Yoshlar maslahat guruhi a’zolari esa yoshlarning tashabbuskorligini kuchaytirish, ularning jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga faol munosabatini qo‘llab-quvvatlash zarurligini alohida ta’kidlashdi.

O‘rganish yakunida mazkur masala yuzasidan mas’ullar hisobotini doimiy komissiyaning navbatdag

Slide 1 of 5