Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MASALALAR KO‘RIB CHIQILIB, SESSIYAGA KIRITISH TAKLIFI BERILD
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MAHALLA NOMINI O‘ZGARTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHIQINDILAR MASALASI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: SAYLOVCHILAR OLDIDA OCHIQ VA TIZIMLI HISOBOT
янв.21
NARPAY — YANGILANISH SARI QADAM
янв.21
Karmana tumani Kengashida Yoshlar maslahat guruhi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Deputat tomonidan Ko‘xnaqo‘rg‘on mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman rahbarlarining hisiboti eshitildi

Nurobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini ta’minlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-172-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi.

Yig‘ilishda Nurobod tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori M.Abriyev tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berildi.

✔️Mazkur farmonning 4-bandiga asosan muassasa balansiga qo‘shimcha ravishda 1 milliard 120 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘lardan samarali foydalanish maqsadida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi:

🔹 450 million so‘m mablag‘ evaziga beton aralashtirish texnikasi (betonmeshalka) xarid qilish;

🔹 670 million so‘m mablag‘ni irrigatsiya inshootlarida betonlash ishlarini amalga oshirishga yo‘naltirish.

Rejalashtirilgan ishlar natijasida irrigatsiya tizimlarining samaradorligini sezilarli darajada oshirish ko‘zda tutilgan. 

Hozirda ayrim kanallarda suv o‘tkazish ko‘rsatkichi 0,63 foizni tashkil etayotgan bo‘lsa, amalga oshiriladigan betonlash ishlari orqali bu ko‘rsatkichni 0,90 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Natijada: 

✅ suv o‘tkazuvchanlik darajasi oshadi;

✅ suv yo‘qotishlari keskin kamayadi;

✅ suv resurslaridan samarali foydalanish ta’minlanadi;

✅ qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish tizimi barqarorlashadi;

✅ hosildorlik va mahsulot yetishtirish hajmi ortadi.

✔️Mazkur chora-tadbirlar tumanda suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1