Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NARPAY — YANGILANISH SARI QADAM
янв.21
Karmana tumani Kengashida Yoshlar maslahat guruhi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Deputat tomonidan Ko‘xnaqo‘rg‘on mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Muammolar yechimi yo‘lida: “Qahramon” mahallasida samarali uchrashuv
янв.21
OCHIQ MULOQOT
янв.21
Ichki ko‘chalar chiqindilari: deputat monitoring va tushuntirish ishlari o‘tkazdi
янв.21
Karmana tumani Kengashida faoliyat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK O‘RNI BO‘SH BO‘LSA-DA, HUDUDDA SAYLOVCHILAR MANFAATLARI YO‘LIDAGI ISHLAR TO‘XTAB QOLMAYAPTIMI?
Deputat ichki kanallarni yaxshilash ishlarini nazoratga oldi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Avazov Azamat Paxtakor tumanidagi Baxmal SIU hududida joylashgan YUR 18.1.7 ichki kanalida amalga oshirilayotgan qurilish va yangilash ishlarini borib ko‘rdi hamda jarayonni bevosita nazorat qildi.

Hududda ichki kanalga yangitdan shit o‘rnatish ishlari olib borilayotgan bo‘lib, mazkur ishlar suv taqsimotini tartibga solish, sug‘orish tizimining samaradorligini oshirish hamda dehqon va fermerlar uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qilmoqda. Deputat tomonidan ishlarning sifati, texnik talablarga muvofiqligi va belgilangan muddatlarda bajarilishi alohida e’tiborga olindi.

Deputat tomonidan mazkur jarayon ustidan nazorat ishlari davom ettirilishi, amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 4