Unda shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya raisi Z.Domilayev, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda shahar xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Jo‘raboyeva ishtirok etdilar.
Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan ijtimoiy, kommunal, bandlik hamda boshqa yo‘nalishlarda bir qator murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash choralar belgilandi.
Ta’kidlanishicha, bu kabi qabullar aholi muammolarini bevosita joylarda o‘rganish, ularni tezkor hal etish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.