Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NARPAY — YANGILANISH SARI QADAM
янв.21
Karmana tumani Kengashida Yoshlar maslahat guruhi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Deputat tomonidan Ko‘xnaqo‘rg‘on mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Muammolar yechimi yo‘lida: “Qahramon” mahallasida samarali uchrashuv
янв.21
OCHIQ MULOQOT
янв.21
Ichki ko‘chalar chiqindilari: deputat monitoring va tushuntirish ishlari o‘tkazdi
янв.21
Karmana tumani Kengashida faoliyat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK O‘RNI BO‘SH BO‘LSA-DA, HUDUDDA SAYLOVCHILAR MANFAATLARI YO‘LIDAGI ISHLAR TO‘XTAB QOLMAYAPTIMI?
Zomin tumanida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Zomin tuman Kengashi deputatlari N.Oxunova va L.Mustafakulovalar hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashi ishtirok etib, yosh avlodni kitobxonlik madaniyatiga keng jalb etish, ularning intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishda kitobning o‘rni muhim ekanligini alohida ta’kidladilar.

Tadbir davomida ota-onalar hamda tarbiyalanuvchilar ishtirokida kitob mutolaasining ahamiyati, bolalarda erta yoshdan kitobga mehr va qiziqish uyg‘otishning samarali mexanizmlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi. 

Shu bilan birga, “Mening birinchi kutubxonam” loyihasi doirasida 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy va rivojlantiruvchi adabiyotlar to‘plami sovg‘a qilinib, muassasaning moddiy-ma’rifiy bazasi mustahkamlandi.

Slide 1 of 5