Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MASALALAR KO‘RIB CHIQILIB, SESSIYAGA KIRITISH TAKLIFI BERILD
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MAHALLA NOMINI O‘ZGARTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHIQINDILAR MASALASI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: SAYLOVCHILAR OLDIDA OCHIQ VA TIZIMLI HISOBOT
янв.21
NARPAY — YANGILANISH SARI QADAM
янв.21
Karmana tumani Kengashida Yoshlar maslahat guruhi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Deputat tomonidan Ko‘xnaqo‘rg‘on mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
📌 Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 28-sonli bayonnomasida belgilangan topshiriqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari M.Raximov va N.Kiyamov tomonidan Ishtixon tumani Yangikent mahallasida joylashgan 21-son oilaviy poliklinikada o‘tkazildi.

Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, davlat va jamiyat boshqaruvida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlashning ahamiyati, mansabdor shaxslarning mas’uliyati hamda fuqarolarning bu boradagi huquq va majburiyatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

🔹 Korrupsion holatlarning oldini olish va ularga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish

🔹 Davlat xizmatida halollik va adolat tamoyillariga rioya etish

🔹 Fuqarolar tomonidan korrupsiyaga oid holatlar yuzasidan murojaat qilish tartiblari

🔹 Sog‘liqni saqlash tizimida ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish masalalari

atroflicha muhokama qilindi.

🗣 Shuningdek, tadbir davomida tibbiyot muassasasi xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga huquqiy asosda javoblar berildi, mavjud muammolar va takliflar tinglandi.

🛠 Deputatlar tomonidan sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha profilaktik choralarni kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

✅ Bunday targ‘ibot tadbirlari jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda davlat organlari faoliyatida shaffoflikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 4