Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muammolar yechimi yo‘lida: “Qahramon” mahallasida samarali uchrashuv
янв.21
OCHIQ MULOQOT
янв.21
Ichki ko‘chalar chiqindilari: deputat monitoring va tushuntirish ishlari o‘tkazdi
янв.21
Karmana tumani Kengashida faoliyat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK O‘RNI BO‘SH BO‘LSA-DA, HUDUDDA SAYLOVCHILAR MANFAATLARI YO‘LIDAGI ISHLAR TO‘XTAB QOLMAYAPTIMI?
янв.21
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy tavsiyalar berildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik: aholi muammolarini hal etishda yangi yondashuv
янв.21
Agrar va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
7-Zarafshon saylov okrugi deputati Y. Muxammedov Nurafshon mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlar o‘rganildi.

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati A.Aminov hamda shahar IIB boshlig‘i Z.Shamshiddinov bilan hamkorlikda shaharda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududlarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, shahardagi jamoat joylari, ko‘chalar va aholi gavjum hududlarda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari mavjudligi, ularning ishlash holati, hududlar kesimida qamrov darajasi hamda xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati ham o‘rganildi.

Mazkur yo‘nalishda kuzatuv kameralaridan samarali foydalanish, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, tezkor nazoratni kuchaytirish hamda fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish va xavfsizlik infratuzilmasini yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5