Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muammolar yechimi yo‘lida: “Qahramon” mahallasida samarali uchrashuv
янв.21
OCHIQ MULOQOT
янв.21
Ichki ko‘chalar chiqindilari: deputat monitoring va tushuntirish ishlari o‘tkazdi
янв.21
Karmana tumani Kengashida faoliyat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK O‘RNI BO‘SH BO‘LSA-DA, HUDUDDA SAYLOVCHILAR MANFAATLARI YO‘LIDAGI ISHLAR TO‘XTAB QOLMAYAPTIMI?
янв.21
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy tavsiyalar berildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik: aholi muammolarini hal etishda yangi yondashuv
янв.21
Agrar va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
7-Zarafshon saylov okrugi deputati Y. Muxammedov Nurafshon mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ishtixon tumanida kriminogen vaziyat muhokama qilindi

2026-yil 26-mart kuni soat 14:00 da Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi Ishtixon tumani hokimligi binosida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Ishtixon tuman prokurori o‘rinbosari Shukurov Nazir ishtirok etib, kun tartibidagi masala yuzasidan axborot berdi.

Kun tartibiga muvofiq, tumanda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularning omillarini bartaraf etish borasida 2026-yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, tuman prokuraturasi tomonidan hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va javobgarlik muqarrarligini kuchaytirish maqsadida tizimli ishlar olib borilgan. Kriminogen vaziyatni doimiy tahlil qilish, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat tartibini saqlash borasida nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, 2026-yilning o‘tgan davrida jinoyatlar soni o‘tgan yilga nisbatan oshgani, ayrim turdagi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar salmog‘i yuqoriligi qayd etildi. Ayrim mas’ul tashkilotlar tomonidan profilaktik ishlar yetarli darajada olib borilmagani tanqid qilindi.

Yig‘ilishda jinoyatlarning kelib chiqish sabab va shart-sharoitlarini chuqur o‘rganish, mahallalarda manzilli profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, mas’ullar faoliyatini yanada kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, tuman prokuraturasi tomonidan jinoyatlarni yashirish holatlarini bartaraf etish, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha maxsus profilaktik tadbirlar o‘tkazilgani, aholi orasida xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida mutasaddi tashkilotlarga kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va korrupsiyaning oldini olish borasida ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. 

Slide 1 of 4