Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati T.Raximov tomonidanO‘rtabo‘z mahallasida aholining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, ayniqsa yoshlarni kitobxonlikka jalb etish maqsadida mahallada tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida kutubxonada yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud adabiyotlar fondi, kitobxonlar uchun qulayliklar hamda yoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, kutubxonadan samarali foydalanish, yangi adabiyotlar bilan boyitish va aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
️ Deputat tomonidan kutubxonalarni rivojlantirish, ularni zamonaviy axborot resurslari bilan ta’minlash orqali aholining bilim va dunyoqarashini kengaytirish muhimligi alohida ta’kidlandi.