Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NARPAY — YANGILANISH SARI QADAM
янв.21
Karmana tumani Kengashida Yoshlar maslahat guruhi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Deputat tomonidan Ko‘xnaqo‘rg‘on mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Muammolar yechimi yo‘lida: “Qahramon” mahallasida samarali uchrashuv
янв.21
OCHIQ MULOQOT
янв.21
Ichki ko‘chalar chiqindilari: deputat monitoring va tushuntirish ishlari o‘tkazdi
янв.21
Karmana tumani Kengashida faoliyat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK O‘RNI BO‘SH BO‘LSA-DA, HUDUDDA SAYLOVCHILAR MANFAATLARI YO‘LIDAGI ISHLAR TO‘XTAB QOLMAYAPTIMI?
Deputatlik so‘rovi ijobiy echim topdi

Aholi manfaatlarini himoya qilish, joylardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etish — xalq vakillarining eng muhim vazifalaridan biridir. 

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Sadoqat Nurmamatova tomonidan hududdagi 22- son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yuzaga kelgan muammo yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur bog‘chada ichimlik suvi tarmog‘i uch yildan buyon nosoz holatda bo‘lib, ta’lim muassasasida suv ta’minotining uzilib qolishiga sabab bo‘lgan. Bu esa ta`lim tashkilotida jiddiy muammoga aylangan edi.

Deputat tomonidan vaziyat o‘rganilib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Natijada muammo qisqa muddatda o‘z yechimini topdi — ichimlik suvi tarmog‘i to‘liq qayta tiklanib, muassasa toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Slide 1 of 2