Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NARPAY — YANGILANISH SARI QADAM
янв.21
Karmana tumani Kengashida Yoshlar maslahat guruhi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Deputat tomonidan Ko‘xnaqo‘rg‘on mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Muammolar yechimi yo‘lida: “Qahramon” mahallasida samarali uchrashuv
янв.21
OCHIQ MULOQOT
янв.21
Ichki ko‘chalar chiqindilari: deputat monitoring va tushuntirish ishlari o‘tkazdi
янв.21
Karmana tumani Kengashida faoliyat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK O‘RNI BO‘SH BO‘LSA-DA, HUDUDDA SAYLOVCHILAR MANFAATLARI YO‘LIDAGI ISHLAR TO‘XTAB QOLMAYAPTIMI?
Doimiy komissiya raisi

📌 Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar va belgilangan davlat dasturlarining ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

Kun tartibidagi asosiy masalalar:

🔹 Bolalar saratoniga qarshi kurashish strategiyasi ijrosi

Yig‘ilishda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bosh vrach o‘rinbosari X.Qodirovning hisoboti tinglandi.

✅Hisobotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qarori bilan tasdiqlangan "2025-2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror ijrosi tahlil qilindi.

✅"Bolalar saratoni — bu hukm emas, bu kurashilishi kerak bo‘lgan tashxisdir. Agar biz zamonaviy skrining va genetik tahlillarni birlamchi tibbiyot tizimiga chuqur integratsiya qilsak, sog‘ayish ko‘rsatkichlarini dunyo standartlari darajasiga olib chiqa olamiz." - dedi,

shifokor Gematolog S.Karimov

✅Xususan, kasallikni erta bosqichlarda aniqlash, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini amaliyotga tatbiq etish hamda tibbiyot maskanining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqildi.

🔹 Shahar tibbiyot birlashmasining 2025-yildagi faoliyati

Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan birlashma boshlig‘ining o‘rinbosari Gulchexra Abduxalilova ma’ruza qildi.

✅Ma’ruzachi shahar miqyosida bolalar o‘rtasida onkologik kasalliklarning oldini olish, profilaktik ko‘riklar sifatini oshirish va sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi.

🔹Yig‘ilish yakuni

✅Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, ayniqsa, bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilishda manzilli ishlash tizimini kuchaytirish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

🔹"Ko‘rilgan masalalar yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi va ijrosi nazoratga olindi.

🔗 Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi

👉 https://t.me/farkengashrasmiy 

Slide 1 of 9