#Sessiya_qarori
Payariq tumanida joylashgan “Ok-oltin” (Dexkonobod), “Mirishkor” (Paxtakor) hamda, “Turkiston” nasos stansiyalarini xorijiy investitsiya mablag‘lari hisobidan modernizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish takliflari tasdiqlandi (https://kengash.gov.uz/doc/253722).
Bugungi kunda nasos stansiyalaridagi uskunalar foydalanish jarayonida ko‘p marotaba ta’mirlanganligi natijasida nasos stansiyalari bog‘langan maydonlardagi ekinlarga ishonchli suv ta’minoti yetkazib berishda muammolar bo‘lmoqda.
Qarorga asosan xorijiy investitsiya mablag‘lari hisobidan ushbu nasos stansiyalarining tamirlanishi natijasida stansiyaga bog‘langan yer maydonlari kafolatli suv bilan ta’minlanadi va energiya iste’molining kamayishiga erishiladi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)