Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NARPAY — YANGILANISH SARI QADAM
янв.21
Karmana tumani Kengashida Yoshlar maslahat guruhi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Deputat tomonidan Ko‘xnaqo‘rg‘on mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Muammolar yechimi yo‘lida: “Qahramon” mahallasida samarali uchrashuv
янв.21
OCHIQ MULOQOT
янв.21
Ichki ko‘chalar chiqindilari: deputat monitoring va tushuntirish ishlari o‘tkazdi
янв.21
Karmana tumani Kengashida faoliyat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK O‘RNI BO‘SH BO‘LSA-DA, HUDUDDA SAYLOVCHILAR MANFAATLARI YO‘LIDAGI ISHLAR TO‘XTAB QOLMAYAPTIMI?
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’RQ-350 qabul qilingan sana 22.04.2013 to'g'risida targ’iboti haqida.

Joriy yilning 17-mart kuni O’zbekiston Mahallalar uyushmasi Baxmal tuman bo’limining faollar zalida deputatlar hamda mahalla raislari ishtirokida Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar bo’yicha targ’ibot uchrashuvi bo’lib o’tdi.Ushbu uchrashuvda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Mirzabekov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan ekspert guruhi a’zosi A.Axmurodovlar ushbu qonun bo’yicha tushunchalar berdi.

Ushbu qonunga 2021–2025-yillarda ushbu qonunga qator muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi. 

Jumladan:

Mahalla tizimining roli kuchaytirildi, Mahallalar aholining muammolarini joyida hal qiluvchi asosiy tuzilma sifatida mustahkamlandi.

“Mahalla — davlat va jamiyat o‘rtasidagi ko‘prik” tamoyili yanada kuchaytirildi.

Vakolatlar kengaytirildi, Mahalla raisi (oqsoqol) va fuqarolar yig‘ini vakolatlari kengaydi,ijtimoiy yordam, bandlik, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha yangi vazifalar yuklandi.

 Saylov tizimi takomillashtirildi, Fuqarolar yig‘ini raisini saylash tartibi yangilandi, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari kuchaytirildi.

O‘zgartirishlarning asosiy maqsadi, aholining davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, mahallani chinakam xalqchil institutga aylantirish, ijtimoiy muammolarni “pastdan” hal qilish tizimini yaratishdir.

Xulosa o’rnida

Bugungi kunda mahalla — bu shunchaki hududiy birlik emas, balki xalqning o‘zini o‘zi boshqarishining haqiqiy maktabidir. Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar esa ushbu tizimni yanada kuchli, adolatli va samarali qilishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4