Bugun tasdiqlangan reja-jadvalga asosan, xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Charos Rajabova ishtirokida “Shamaton” mahallasi aholisi bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla yettiligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
🤝 Ochiq muloqot davomida:
🔹 Mahalla ahlini qiynayotgan mahalliy muammolar tinglandi;
🔹 Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi;
🔹 Fuqarolarning murojaatlari tegishli tartibda nazoratga olindi.
Deputatlarning xalq bilan yuzma-yuz muloqotlari tumanning barcha okruglarida tizimli ravishda davom etmoqda.