Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy tavsiyalar berildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik: aholi muammolarini hal etishda yangi yondashuv
янв.21
Agrar va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
7-Zarafshon saylov okrugi deputati Y. Muxammedov Nurafshon mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat Z.Togʻayev saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
6-Jaloyir saylov okrugi deputati saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Kumushkon mahallasida kompleks o‘rganish va uchrashuv tashkil etildi
XAYRIYA HASHARI — OBODLIK VA HAMJIHATLIK IFODASI

Mamlakatimizda 13-14 mart kunlari tashkil etilgan xayriya hashari jarayonlarida Xalq deputati Urganch shahar Kengashi deputati R.Baltayev ham ishtirok etib, unda gul ko‘chatlarini parvarishlash, mahalla hududini obodonlashtirish va ko‘rkamlashtirish ishlari olib borildi. Hasharda ishtirok etayotgan fuqarolar
va mas’ullar birgalikda ezgu maqsad yo‘lida mehnat qilib, atrof-muhitni yanada chiroyli va fayzli holga keltirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
 

Ayniqsa, ushbu xayrli tadbirda shahar Kengashi deputati R.Baltayevning ham bevosita ishtirok etgani, hududdagi obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratgani e’tiborga molikdir. Deputatning jamoa bilan bir safda turib, xashar ishlarida faol qatnashishi aholi bilan yaqinlik, hamjihatlik va amaliy tashabbusning
yorqin ifodasi bo‘ldi.
 

Bunday xayriya hasharlari nafaqat hududning obod bo‘lishiga, balki jamiyatda birdamlik, mehr-oqibat va umumiy mas’uliyat muhitining mustahkamlanishiga ham xizmat qiladi.