Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MASALALAR KO‘RIB CHIQILIB, SESSIYAGA KIRITISH TAKLIFI BERILD
янв.21
DOIMIY KOMISSIYADA MAHALLA NOMINI O‘ZGARTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHIQINDILAR MASALASI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: SAYLOVCHILAR OLDIDA OCHIQ VA TIZIMLI HISOBOT
янв.21
NARPAY — YANGILANISH SARI QADAM
янв.21
Karmana tumani Kengashida Yoshlar maslahat guruhi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorati amalga oshirildi
янв.21
Deputat tomonidan Ko‘xnaqo‘rg‘on mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
#deputatlik_soʻrovi #deputatlik_faoliyati

📌 Xalq deputatlari Qo'ng'irot tumani Kengashi deputati  Kazaxbaev Tazabay Rejepbaevich tumanimizda yashovchi fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, uy-joy kommunal xizmatlari va infratuzilma masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

🏗Qo‘ng‘irot tumani Qo‘ng‘irot tumanini obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i R.Aliyevga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat: 

📍 Qo‘ng‘irot tumani "Taraqli" Mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan

"Ko‘prik bo‘yi" ko‘chasi, "Guzar" ko‘chasi, "Zamonaviy" ko‘chasi, "Tosh" ko‘chasi

va "Taraqli-1" ko‘chalari aholi tomonidan keng foydalaniladigan ichki ko‘chalar

bo‘lib hisoblanadi.

🔰Bu ko‘chalar hozirgi kunda ta’mirga muhtoj holatga kelib qolgan. Ayniqsa,

yog‘in-sochinli kunlari bu ko‘chalarda yurish qiyinlashib qolishi ma'lum bo'ldi. Bu mahalla tuman markaziga yaqin joylashganligi sababli, ko‘chalardagi

loy transport vositalari orqali tuman markazi yo‘llariga chiqib, sanitariya holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

📝Mahalla aholisi tomonidan bu ko‘chalarni ta’mirlash, qum-tosh aralashmasi (ShPS)

to‘shash masalasi bo‘yicha amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

✅ Yuqoridagilardan kelib chiqib "Taraqli" MFY hududida joylashgan "Ko‘prik bo‘yi" ko‘chasi, "Guzar" ko‘chasi, "Zamonaviy" ko‘chasi, "Tosh" ko‘chasi

va "Taraqli-1" ko‘chalarini ta'mirlashda amaliy yordam berishni soradi.

❗️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

✍️Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashi kotibiyati