Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi doimiy komissiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR YETAKCHISI HAMKORLIGI KELAJAK REJALARI BELGILANDI
янв.21
KIBERXAVFSIZLIK – DAVR TALABI: DEPUTAT VA HUQUQ TARTIBOT ORGANLARI HAMKORLIGI
янв.21
“Yangiariq” mahallasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI – AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI – XALQ MANFAATLARI YO‘LIDA AMALIY MULOQOT
янв.21
Deputat dorixonalar faoliyati va dori-darmonlar narxini o‘rgandi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
KARMANA TUMANIDA OMMAVIY QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
KQ-35 IJROSI DOIRASIDA MAHALLADAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI.

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 19-"Chashma" saylov okrugidan saylangan deputat Xojiboyev Jalol Xotamboyevich oʻzi saylangan okrugdagi “Xurriyat” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Deputat mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatining samaradorligiga alohida e’tibor qaratib, oilaviy muhitni mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, bandlik va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Uchrashuv yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi hamda
kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
 

Slide 1 of 6