Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
6-Jaloyir saylov okrugi deputati saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Kumushkon mahallasida kompleks o‘rganish va uchrashuv tashkil etildi
янв.21
1-"Navro‘z" saylov okrugi deputatining saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Karmana tumanida dehqon bozori faoliyati yuzasidan monitoring o‘tkazildi
янв.21
Mahalla sport inshootlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
Payshanba – Yoshlar Kuni: “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“RAHBAR VA YOSHLAR” uchrashuvi
янв.21
Deputat G. Shermatova Karmana tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi
Muammolarga yechim — hamkorlikda

Deputat faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Tamanno Ashurova "Xatib Qaxramon" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan yakka tartibdagi uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida aholi tomonidan turli masalalar, jumladan, ijtimoiy yordam, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, kommunal xizmatlar hamda infratuzilma bilan bog‘liq murojaatlar bildirildi.

Deputat har bir fuqaroning murojaatini diqqat bilan tinglab, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda ish olib borilishini ma’lum qildi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.

Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tdi. Fuqarolar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Deputat tomonidan bunday uchrashuvlar aholi bilan doimiy muloqotni ta’minlash va mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.