Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
6-Jaloyir saylov okrugi deputati saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Kumushkon mahallasida kompleks o‘rganish va uchrashuv tashkil etildi
янв.21
1-"Navro‘z" saylov okrugi deputatining saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Karmana tumanida dehqon bozori faoliyati yuzasidan monitoring o‘tkazildi
янв.21
Mahalla sport inshootlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
Payshanba – Yoshlar Kuni: “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“RAHBAR VA YOSHLAR” uchrashuvi
янв.21
Deputat G. Shermatova Karmana tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputati Ismailov Akmal Qo‘ytosh SHFY aholisi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda bildirilgan murojaatlar ijrosi yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputati Ismailov Akmal Qo‘ytosh SHFY aholisi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda bildirilgan murojaatlar ijrosi yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muhim masalalardan biri — shaharchadagi eskirgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan elektr transformatori hamda simyog‘ochlar bilan bog‘liq muammolar atroflicha o‘rganildi. Mazkur masala yuzasidan mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqqan holda texnik ko‘rik o‘tkazilib, mavjud holat, xavfsizlik talablari va aholiga yetkazilayotgan noqulayliklar tahlil qilindi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, hududda elektr ta’minoti barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida tegishli hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborildi. So‘rovda muammoni bartaraf etish, yaroqsiz infratuzilmani yangilash va profilaktik choralarni ko‘rish zarurligi asoslandi.

Slide 1 of 3