Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida siyosiy partiyalarning shahardagi raislari ishtirokida deputatlik faoliyati samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda deputatlarning jamiyatdagi o‘rni, saylovchilar oldidagi mas’uliyati kabi masalalari muhokama qilindi. Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, saylov okruglarida muntazam uchrashuvlar o‘tkazish va joylarda aniqlangan muammolarni Kengash darajasida ko‘tarish asosiy vazifa ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, siyosiy partiyalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, deputatlik guruhlari faoliyatini faollashtirish va partiyaviy mas’uliyatni oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.
Yig‘ilishda deputatlarning hamjihatlikda ishlashi vakillik organi nufuzini yanada mustahkamlashi qayd etildi.