Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!
янв.21
DEPUTAT XALQ BILAN BIRGA!
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining navbatdagi o‘n to'qqizinchi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
ИЛМЛИ АЁЛ – ЖАМИЯТ КЎЗГУСИ
янв.21
Karmana tumanida xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
янв.21
Yangi ariq mahallasida yosh tadbirkor ayol faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot: korrupsiyaga qarshi muhim qadam
янв.21
Fuqaro murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
12-Bunyodkor saylov okrugi deputati F. Jumayeva tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif amalga oshirildi.
Quva tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 Quva tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi 

Bugun Xalq deputatlari
Quva tumani Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi,
uning o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, tegishli bo‘lim
va idoralar mas’ullari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda ommaviy axborot
vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Sessiya ishida
dastlab tumanda 2026 yilda aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini
yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan asosiy maqsadli
ko‘rsatkichlar muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan iqtisodiyot va moliya bo‘limi
boshlig‘ining o‘rinbosari Axrorjon Siddiqov hisobot berib, kelgusida amalga oshiriladigan
ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi. 

Shuningdek,
Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman va mahallalar hamda “og‘ir” toifaga kiritilgan
mahallalarda ixtisoslashuvni chuqurlashtirishga qaratilgan “islohot dasturi” hamda
“kompleks rivojlantirish dasturlari” doirasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan
axborot berildi. 

Sessiya davomida
tumanda 2025 yilda qonuniylikni ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini
olish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda 2026 yildagi ustuvor vazifalar muhokama
qilindi. Bu borada tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Farruxbek Usarov hisobot
berib, jamoat xavfsizligini ta’minlash va profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish
muhim vazifa ekanligini ta’kidladi. 

Kun tartibidagi
muhim masalalardan yana biri — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil
5 fevraldagi PQ-48-son qarori ijrosi yuzasidan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish
tizimini takomillashtirish bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan
tuman hokimi o‘rinbosari Muslimbek Akbarov axborot berdi. 

Sessiya yakunida
ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga
aniq vazifalar yuklatildi. Belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro
etish ustuvor vazifa sifatida qayd etildi.  

Slide 1 of 6