Deputatlar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar
Xalq deputatlari
Quva tuman Kengashining asosiy tadbirlar rejasiga asosan deputatlar tomonidan tuman
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar davomati, darslarga tayyorgarlik, kiyim-bosh,
tozalik masalasi, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar holati o‘rganilmoqda.
Jumladan, deputatlar
O.Olimov va M.Hakimovalar tomonidan tumandagi 56, 20-son umumiy o‘rta ta’lim maktablarida,
M.Sayfidinov va M.Raximovlar tomonidan esa 61-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganishlar
davomida o‘quvchilar davomati, darslarga tayyorgarlik, kiyim-bosh va hududlardagi
tozalik holati, shuningdek, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar tahlil
qilindi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktablar rahbariyatiga ularni bartaraf
etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, dars jarayonlarida
ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ta’limning interfaol usullaridan samarali foydalanish
zarurligi ta’kidlandi.
Bahor fasli
yaqinlashayotgani va havo haroratining ko‘tarilib borayotganini inobatga olgan holda,
maktab hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e’tibor
qaratish bo‘yicha takliflar ham bildirildi.