Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Agrar va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
7-Zarafshon saylov okrugi deputati Y. Muxammedov Nurafshon mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat Z.Togʻayev saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
6-Jaloyir saylov okrugi deputati saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Kumushkon mahallasida kompleks o‘rganish va uchrashuv tashkil etildi
янв.21
1-"Navro‘z" saylov okrugi deputatining saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Karmana tumanida dehqon bozori faoliyati yuzasidan monitoring o‘tkazildi
янв.21
Mahalla sport inshootlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
Fuqarolar murojaatlari – e`tibor va amaliy yechimlar markazida

 Jalaquduq tuman Kengashi deputati M.Turg`unova fuqarolarni qabul qilish kuni munosabati bilan Ittifoq MFYda navbatdagi
qabulni o`tkazdi. Qabul MFY raisi M.Sherg`ozieva xabardorligida va tasdiqlangan qabul jadvali asosida tashkil etildi. Unda mahalla aholisi o`zlarini qiziqtirgan masalalar, muammo va takliflar bilan ishtirok etdilar.
Suhbat davomida fuqarolarning murojaatlari atroflicha o`rganilib,
har bir masalaga alohida yondashildi. Ayrim murojaatlar joyida hal etildi, fuqarolarga huquqiy va amaliy maslahatlar berildi. Bu esa aholining davlat organlariga bo`lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Jumladan, imtiyozli kredit olish masalasida murojaat qilgan fuqaro G`ulomova Oydinoy tuman hokimi yordamchisi F.Yo`ldashevaga yo`naltirildi. Uning arizasi qabul qilinib, belgilangan tartibda ro`yxatga olindi hamda tegishli choralar ko`rish bo`yicha ishlar boshlandi. Shu kuni yana bir xayrli ish amalga oshirildi. I.Sharipov ko`chasida yashovchi 1-guruh nogironligi bo`lgan fuqaro Abdujalilova Zarifaxon Turgun qiziga tuman Inson
xizmatlari markazi tomonidan uy sharoitida harakatlanish va toza havoda sayr qilishi uchun bepul nogironlik aravachasi topshirildi. Mazkur yordam xonadon a`zolariga katta quvonch bag`ishladi. Ular ko`rsatilgan e`tibor va g`amxo`rlik uchun tuman hokimligiga samimiy minnatdorchilik bildirdilar.
Qabul jarayoni yakunlanganidan so`ng deputat M.Turgunova va MFY raisi M.Sherg`ozieva bilan birgalikda mahallada amalga oshirilishi lozim bo`lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo`llab-quvvatlash, bandlikni ta`minlash, hududni obodonlashtirish hamda aholi bilan muloqotni yanada kuchaytirish bo`yicha rejalar belgilab olindi. Bunday qabullar aholining dardini eshitish, ularning muammolarini o`z vaqtida hal etish hamda mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

   

Slide 1 of 7