Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
6-Jaloyir saylov okrugi deputati saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Kumushkon mahallasida kompleks o‘rganish va uchrashuv tashkil etildi
янв.21
1-"Navro‘z" saylov okrugi deputatining saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Karmana tumanida dehqon bozori faoliyati yuzasidan monitoring o‘tkazildi
янв.21
Mahalla sport inshootlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
Payshanba – Yoshlar Kuni: “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“RAHBAR VA YOSHLAR” uchrashuvi
янв.21
Deputat G. Shermatova Karmana tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilmani yaxshilash ishlari doimiy nazoratga olinmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari Nurafshon MFY hududida tashkil etildi. Dastlab deputatlar Bobodehqon ko‘chasida joylashgan 300 ta xonadon tomorqasini sug‘orishga mo‘ljallangan ariqni betonlash ishlari bilan tanishdilar. Mazkur loyiha aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlashni yaxshilash, suv yo‘qotilishining oldini olish hamda hudud obodonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Shundan so‘ng Bobodehqon ko‘chasining 500 metr qismini asfaltlashtirish yuzasidan fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat manzilli o‘rganildi. Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash zarurati va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Slide 1 of 7