Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
6-Jaloyir saylov okrugi deputati saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Kumushkon mahallasida kompleks o‘rganish va uchrashuv tashkil etildi
янв.21
1-"Navro‘z" saylov okrugi deputatining saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Karmana tumanida dehqon bozori faoliyati yuzasidan monitoring o‘tkazildi
янв.21
Mahalla sport inshootlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
Payshanba – Yoshlar Kuni: “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“RAHBAR VA YOSHLAR” uchrashuvi
янв.21
Deputat G. Shermatova Karmana tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi
Deputat mahallada

 Ijtimoiy himoya — e’tibor markazida 

5-Mo‘minobod saylov okrugi deputati M.Qurbonova
tomonidan mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati va aholiga ko‘rsatilayotgan
ijtimoiy xizmatlar sifati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
 

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi: 

Manzilli yordam: Ijtimoiy ehtiyojmand toifadagi fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning
tezkorligi va sifati.
 

 Nafaqa va moddiy yordam: Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash jarayonining
shaffofligi hamda to‘lovlarning o‘z vaqtida yetkazib berilishi.
 

Individual yondashuv: Har bir ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroning muammolarini o‘rganish
va ularga amaliy ko‘mak berish tizimi.
 

"Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam har bir muhtoj xonadonga adolatli va
kechikmasdan yetib borishi shart. Bu borada mahalladagi ijtimoiy xodimning
mas’uliyati juda katta", — ta’kidladi M.Qurbonova.