Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ИЛМЛИ АЁЛ – ЖАМИЯТ КЎЗГУСИ
янв.21
Karmana tumanida xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
янв.21
Yangi ariq mahallasida yosh tadbirkor ayol faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot: korrupsiyaga qarshi muhim qadam
янв.21
Fuqaro murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
12-Bunyodkor saylov okrugi deputati F. Jumayeva tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif amalga oshirildi.
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
Senator K.Burxanov tomonidan Andijon viloyatida 13-yalpi majlis muhokamasi bo'lib o'tdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari boʻyicha qoʻmita raisi Burxonov Kutbidin Nukritdinovich, Xalq deputatlari Andijon viloyati va shahar-tuman Kengashlari deputatlari ishtirokida joriy yilning 5-6-fevral kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 13-yalpi majlisida jamiyat hayotining barcha sohalari huquqiy asoslarini mustahkamlashga va mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar samaradorligini oshirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 17 ta masala, shu jumladan ko‘rib chiqilgan 8 ta qonunlar yuzasidan tushunchalar berib o‘tdi.

Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun boʻyicha Markaziy bankning Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari B.Bektorayev;
“Ekologiktoza hududlarning huquqiy maqomi belgilanishi munosabati bilan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga
qoʻshimcha kiritish haqida”gi Qonun boʻyicha viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari
Shakirov Odiljon Latipovich;
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun boʻyicha soʻzni Jinoyat ishlar boʻyicha Andijon shahar sudining sudyasi Sharipova Nargiza Adxamovnalar deputatlarga qonun mazmun mohiyatini tushuntirdilar. 

Slide 1 of 6