Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ИЛМЛИ АЁЛ – ЖАМИЯТ КЎЗГУСИ
янв.21
Karmana tumanida xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
янв.21
Yangi ariq mahallasida yosh tadbirkor ayol faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot: korrupsiyaga qarshi muhim qadam
янв.21
Fuqaro murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
12-Bunyodkor saylov okrugi deputati F. Jumayeva tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif amalga oshirildi.
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
Deputatlar tashrifi: Sho‘rchi maktablarida o‘rganish va amaliy muloqot

    Joriy yilning 13-fevral kuni Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi kotibiyati mudiri Mamashukurov Olimjon Qayumovich hamda tuman Kengashi deputati Safarova Adolat Mengdobilovna tumandagi 16-, 18-,28-, 45- va
53-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib, ta’lim jarayoni,yaratilgan sharoitlar hamda o‘quvchi-yoshlar uchun tashkil etilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. 

   Tashrif davomida maktablarda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya ishlari, o‘quv xonalarining jihozlanishi, axborot
texnologiyalaridan foydalanish darajasi, kutubxona va sport zallarining holati atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, pedagog jamoa bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan takliflar
muhokama qilindi. 

   “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi”, degan ezgu tamoyil bugun har bir ta’lim maskanida o‘z ifodasini topmoqda. Zero, “Ilm –kelajak chirog‘i”, “Ustozga ehtirom – kelajakka ehtirom” degan hikmatlar bejiz
aytilmagan. Maktablarda yaratilayotgan sharoitlar yosh avlodning puxta bilim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi hamda yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan barkamol inson bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qilmoqda. 

   Mas’ullar tomonidan ta’lim sifatini yanada oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlarni davom ettirish lozimligi ta’kidlandi. 

   Tashrif jarayonida ilg‘or o‘qituvchilarning fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi. Darhaqiqat, “Mehnat qilgan – elda aziz”, “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” degan xalq naqlida chuqur ma’no bor. Ta’limga qaratilgan har bir e’tibor – bu kelajakka qaratilgan sarmoyadir. 

   Mazkur o‘rganishlar maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni joyida hal etish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Chunki farzandlar kamoli – yurt istiqbolining eng mustahkam kafolatidir.  

Slide 1 of 1