Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining navbatdagi o‘n to'qqizinchi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
ИЛМЛИ АЁЛ – ЖАМИЯТ КЎЗГУСИ
янв.21
Karmana tumanida xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
янв.21
Yangi ariq mahallasida yosh tadbirkor ayol faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot: korrupsiyaga qarshi muhim qadam
янв.21
Fuqaro murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
12-Bunyodkor saylov okrugi deputati F. Jumayeva tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif amalga oshirildi.
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
DEPUTATLIK NAZORATI

 Mahalla hududlaridagi ichki ko‘cha yo‘llari holatiga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari olib borilmoqda. 

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich tomonidan tumanning “Xidirsho” mahallada o‘rganish ishlari amalga oshirildi. 

O‘rganish jarayonida mazkur mahalladagi aholi yashash hududi hamda maktabga olib boruvchi yo‘lning holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi va mavjud kamchiliklar aniqlandi. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. 

Deputatlik so‘rovi ijrosi qisqa muddatda ta’minlanib, mahalladagi aholi yashash hududi va maktabga olib boruvchi yo‘lning 1 kilometr qismida toshlash (shag‘allash) ishlari amalga oshirilmoqda.  

Yaqin kunlarda ushbu yo‘lda asfaltlash ishlari ham bajarilishi rejalashtirilgan.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

Slide 1 of 6