Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining navbatdagi o‘n to'qqizinchi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
ИЛМЛИ АЁЛ – ЖАМИЯТ КЎЗГУСИ
янв.21
Karmana tumanida xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
янв.21
Yangi ariq mahallasida yosh tadbirkor ayol faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot: korrupsiyaga qarshi muhim qadam
янв.21
Fuqaro murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
12-Bunyodkor saylov okrugi deputati F. Jumayeva tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif amalga oshirildi.
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
Xalq farovonligi va xavfsiz muhit — ustuvor vazifa

Xalq farovonligi va xavfsiz muhit — ustuvor vazifa

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 3 fevral kuni Xalq deputatlari Sho‘rchi tuman Kengashi tashabbusi bilan tadbir o‘tkazildi.

      Tadbirda O‘zXDPdan saylangan tuman Kengashi deputati O‘rol Cho‘tboyev, mahallalarda faoliyat yuritib kelayotgan “Keksalar maslahat guruhi” a’zolari hamda faol nuroniylar ishtirok etdi.

      Yig‘ilishda mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, keksalar tajribasidan samarali foydalanish, yoshlar tarbiyasi masalalari muhokama qilindi.

       Hamkorlik va hamfikrlikda ishlash orqaligina xalq farovonligi va oilalar tinchligini ta’minlay olamiz, — dedi O‘rol Cho‘tboyev.

Slide 1 of 1