Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Karmana tumanida xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
янв.21
Yangi ariq mahallasida yosh tadbirkor ayol faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot: korrupsiyaga qarshi muhim qadam
янв.21
Fuqaro murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
12-Bunyodkor saylov okrugi deputati F. Jumayeva tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif amalga oshirildi.
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
#Munosabat

 #Munosabat  

  

Prezident Murojaatnomasi: Ekologik muvozanat — inson salomatligi
va kelajak taraqqiyotining asosi
 

  Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida
ekologik muvozanatni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” iqtisodiyotni
rivojlantirish masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilandi. 

Davlatimiz
rahbari ekologiyani faqat tabiatni asrash masalasi sifatida emas, balki xalq salomatligi,
hayot sifati va barqaror taraqqiyotning hal qiluvchi omili sifatida qayd etdi. Sanoat
korxonalarida zararli chiqindilarni kamaytirish, filtr va monitoring tizimlarini
joriy etish, havo ifloslanishini nazorat qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangani
bu boradagi qat’iy siyosatdan dalolat beradi. 

Murojaatnomada
shaharlarda jamoat transportini rivojlantirish, ekologik toza transport turlarini
ko‘paytirish, elektromobillardan foydalanishni keng rag‘batlantirish orqali sog‘lom
muhit yaratish vazifalari alohida ta’kidlandi. Shuningdek, suv resurslaridan oqilona
foydalanish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, “yashil makon” va “yashil
devor” loyihalari orqali chang-to‘zonlarning oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli
ishlar amalga oshirilishi belgilandi. 

Deputat sifatida ekologik muvozanatni ta’minlashga
qaratilgan har bir dastur va qaror ijrosini joylarda qat’iy nazorat qilish, aholining
ekologik madaniyatini oshirish, sog‘lom va xavfsiz atrof-muhit yaratishga qaratilgan
tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni ustuvor vazifa deb bilamiz. 

Ekologiyaga
e’tibor — bugungi kun uchun ham, kelajak avlod uchun ham mas’uliyatdir. 

  

O‘zbekiston
“Adolat” SDPdan Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashiga saylangan deputat Shuxratjon
Raximov
 

   

Slide 1 of 1