Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ИЛМЛИ АЁЛ – ЖАМИЯТ КЎЗГУСИ
янв.21
Karmana tumanida xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
янв.21
Yangi ariq mahallasida yosh tadbirkor ayol faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot: korrupsiyaga qarshi muhim qadam
янв.21
Fuqaro murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
12-Bunyodkor saylov okrugi deputati F. Jumayeva tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif amalga oshirildi.
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
“Kelajak soati” – deputat nigohida

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati Nilufar Uralova tomonidan Bekobod shahridagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 10-sinf o‘quvchilari uchun navbatdagi “Kelajak soati” dars mashg‘uloti tashkil etildi. Mazkur uchrashuv “Men O‘zbekistonlikman” mavzusiga bag‘ishlandi. Dars mashg‘uloti davomida deputat Nilufar Uralova o‘quvchilar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi. U o‘z nutqida yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy
g‘urur va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlash, shuningdek, ularning kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashda bunday ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlarning ahamiyati beqiyos ekanini ta’kidladi.
“Men o‘zbekistonlikman” mavzusi doirasida o‘quvchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan
imkoniyatlar, ta’lim va taraqqiyot yo‘lidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
  

Slide 1 of 2