Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ИЛМЛИ АЁЛ – ЖАМИЯТ КЎЗГУСИ
янв.21
Karmana tumanida xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
янв.21
Yangi ariq mahallasida yosh tadbirkor ayol faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot: korrupsiyaga qarshi muhim qadam
янв.21
Fuqaro murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
12-Bunyodkor saylov okrugi deputati F. Jumayeva tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif amalga oshirildi.
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
CHINOZ TUMANI. Qishloq xo‘jaligi xodimlari e’zozda

Chinoz tumanida “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Sh.Salixov, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari, tuman prokurori Z. Gaipov, tuman IIB boshlig‘i O. Ganibekov hamda tuman hokimi o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi Sh.Salixov mirishkor dehqon va fermerlarni, qishloq xo‘jaligi sohasida fidokorona mehnat qilayotgan olimlar va mutaxassislarni kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, ularga mustahkam sog‘liq, mo‘l hosil, yurtimiz ravnaqi yo‘lida yanada ulkan yutuqlar tiladi.

Bayram tadbiri yakunida joriy yilda Chinoz tumani xirmoniga munosib hissa qo‘shgan ilg‘or fermer xo‘jaliklari rahbarlari, qishloq xo‘jaligi xodimlari hamda mehnat faxriylari bo‘lgan mirishkor nuroniylarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Slide 1 of 2