Bekobod tumani xalq deputati Lyu Svetlana O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-aprel kunidagi “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora- tadbirlari to'g'risida” gi PF-5700-sonli Farmoni talablari ijrosini ta'minlash maqsadida Terakzor mahallasida bo‘lib, mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, mahalla aholisi bilan uchrashdi.
Uchrashuv jarayonida mavjud muammolar muhokama qilindi.
Psixonevropatolog ro‘yxatida turgan bemorga ixtisoslashtirilgan
dori-darmonlarni bepul olish masalasi hal etildi.