🔽Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligi – deputatlar nazoratida
➡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati H. Karayeva, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamda bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida Yangiobod mahallasida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish hamda fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar e’tibor markazida bo‘ldi.
➡️Shuningdek, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari yuzasidan mas’ullarning faoliyati tahlil qilindi.
➡️Deputatlar va Kengash kotibiyati xodimlari bu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish, har bir xonadonning muammolariga individual yondashish hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash muhimligini ta’kidladilar.
➡️O‘rganishlar davom etmoqda.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt