Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tumanning “Baymurzayev” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Sadirov hamda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonlaridan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida fuqaro tomonidan mahallada chiqindilarni olib chiqish xizmati sifatining talab darajasida emasligi, ichki yo‘llar bo‘ylab qurilgan piyodalar yo‘laklarining ayrim qismlarida yoriqlar paydo bo‘lgani, mahallada futbol maydoni barpo etish hamda mahallaga olib boruvchi yo‘lni asfaltlash masalalari ko‘tarildi.

🔵Deputatlar murojaatda bayon etilgan masalalar yuzasidan fuqaro bilan suhbatlashib, mavjud muammolar va ularni hal etish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Xususan, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va xizmat sifatini yaxshilash, piyodalar yo‘laklaridagi aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida futbol maydoni qurish hamda mahallaga olib boruvchi yo‘lni asfaltlash masalalariga e’tibor qaratildi.

🔵Murojaat yuzasidan fuqaroga tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga murojaat qilinishi, muammolarning yechimini topish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi hamda ularning ijrosi deputatlar tomonidan nazoratga olinishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3