Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
SAYLOVCHILAR OLDIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN AXBOROT BERILDI

SAYLOVCHILAR OLDIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN AXBOROT BERILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamolov tomonidan saylovchilar oldida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Axborot davomida shaharda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, aholi turmush sharoitini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, saylovchilar bilan muloqot davomida aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, mavjud muammolarni bartaraf etish va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalarga e’tibor qaratildi.

Mazkur faoliyat Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar doirasida saylovchilar bilan muloqot qilish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berish hamda aholi murojaatlari va takliflarini o‘rganish vazifalariga mos keladi.

Shuningdek, Kengashning doimiy komissiyalari kesimidagi 162 ta qonun hujjati taqsimoti doirasida mahalliy davlat hokimiyati faoliyati, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid qonunchilik talablari ijrosiga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni o‘rganish, mavjud muammolarni hal etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1