Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
HUDUDDAGI MUAMMOLAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#KQ_35

HUDUDDAGI MUAMMOLAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyat mudiri A. Avliyakulov hamda deputat M. Eshtemirov tomonidan MFY yettiligi vakillari bilan hamkorlikda hududdagi mavjud muammoli masalalar ko‘chama-ko‘cha yurib, joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida M. Eshtemirov tomonidan MFYning O‘zbekiston ko‘chasida suv quvurining yorilishi sababli yaqinda yotqizilgan yangi asfalt qoplamasi buzilib, qazish ishlari olib borilgani yuzasidan fuqarolarning murojaati tinglandi. Shuningdek, hududning ayrim boshqa joylarida ham shu kabi holatlar mavjudligi ma’lum qilindi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar Murojaatlar daftariga qayd etib olindi. Aniqlangan muammolarni tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda o‘rganish, ularning sabablarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilandi.

Hududdagi muammolarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini tinglash va ularning yechimini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati ishlari davom ettiriladi.