Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Keksalar holidan xabar olindi

Tashrif davomida patronaj hamshiralar bilan birgalikda mahallada istiqomat qilayotgan keksa yoshdagi fuqarolarning holidan xabar olinib, ularning salomatligi, turmush sharoiti hamda kundalik ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.

Suhbatlar davomida nuroniylarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalarni o‘rganish hamda zarur hollarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.

Bunday ezgu tashabbuslar keksalarni e’zozlash, ularning holidan muntazam xabar olish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1