Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔽Hazorman mahallasidagi ichki yo‘llar deputat nazoratida
янв.21
🔰Elektr ta’minoti — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan farovonlik sari
янв.21
🔰Xotin-qizlar faoli faoliyati va muammolari o‘rganildi
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔰Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalari – doimiy komissiya e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari va takliflari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ekspert guruhi faoliyati: masalalar tahlil va muhokama qilindi
янв.21
🔰Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari muhokama qilindi
янв.21
🔰Yoshlar – intellektual salohiyat va tashabbuslar tayanchi
MAKTAB OSHXONALARIDA OVQATLANISH SIFATI VA SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #ekspert_guruhlar

MAKTAB OSHXONALARIDA OVQATLANISH SIFATI VA SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI

📈 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar uchun sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish sharoitlarini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida autsorsing asosida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan maktab oshxonalarida ovqatlanish xizmatini tashkil etish holati, shuningdek, ushbu subyektlarning ishchi xodimlari va oshpazlarining tibbiy daftarchalari mavjudligi va belgilangan tartibda yuritilishi ko‘rib chiqildi.

🕯 Shuningdek, maktab oshxonalarida o‘quvchilarga taklif etilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya holati, saqlanish sharoitlari, yaroqlilik muddati va savdo uchun qo‘yilgan mahsulotlarning umumiy holati o‘rganildi.

🗂 O‘rganishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi PQ-4887-son “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan sog‘lom ovqatlanish, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta’minlashga oid vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.

💼 Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Alisher Giyasov hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi.

💹 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, maktab oshxonalarida sanitariya talablariga rioya etilishi, xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi hamda o‘quvchilarga sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari taklif etilishini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

🔼 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar Kengash tomonidan deputatlik nazorati tartibida davom ettiriladi.

Slide 1 of 5