Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
#Deputat_mahallada

#Deputat_mahallada

Zangiota tumani 6-okrug deputati T. Xolikov “Dehqonobod” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari bilan hamkorlikda navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi.
🔹 O‘rganish davomida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan reyestrga kiritilgan, II guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolar G.Xolikova va M.Jo‘rayeva xonadonlaridagi ijtimoiy holat, yashash sharoiti hamda mavjud ehtiyojlar atroflicha o‘rganildi.
🔹 G.Xolikova xonadonidagi suhbat davomida uning turmush o‘rtog‘i vaqtincha ishsiz ekani aniqlandi. Oilaning daromad manbasini shakllantirish va bandligini ta’minlash maqsadida unga tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilib, doimiy ish bilan ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
🔹 M.Jo‘rayevaning sog‘lig‘i tufayli mehnat qilish imkoniyati cheklanganligi inobatga olinib, oila daromadini oshirish va xonadonni qo‘llab-quvvatlash maqsadida homiylar tomonidan parvarishlash uchun parranda jo‘jalari ajratilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 4